Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INSON BORLIG‘INING OBYEKT VA SUBYEKT BIRLIGI SIFATIDAGI ONTOLOGIK TAHLILI

Inson borlig‘i, ontologiya, obyekt va subyekt, natija va shart, dialektik sintez, falsafiy antropologiya, erkinlik, determinizm

Mualliflar

  • Tazabay YULDASHEV Assistent-o‘qituvchi, Innovatsion texnologiyalar universiteti, Nukus, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada inson borlig‘ining falsafiy-metodologik tahlili muammosi ko‘rib chiqiladi: inson borliqning tartibiga bo‘ysunuvchi obyekt (natija) sifatidami yoki o‘z mavjudligini erkin yaratuvchi subyekt (shart) sifatidami talqin qilinishi kerakligi masalasi o‘rtaga qo‘yiladi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, insonga bir tomonlama yondashuv — uni faqat tabiat va jamiyat mahsuli yoxud faqat sof erkinlik deb tushunish — zamonaviy falsafiy antropologiyada ham, inson bilan bog‘liq amaliy sohalarda ham yetarli emas. Tadqiqot dialektik usulga, ontologik va gnoseologik tahlilning birligiga hamda to‘ldiruvchilik tamoyiliga asoslanadi; manba sifatida klassik va noklassik falsafiy ta’limotlar (Kant, Gegel, Marks, Diltey, Haydegger, Sartr, Fromm) qiyosiy-tarixiy va konseptual tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida inson borlig‘i obyekt va subyekt, natija va shartning dialektik birligi sifatida asoslanadi, bunda erkinlik qaramlikka qarshi emas, balki uni ongli o‘zlashtirish orqali ro‘yobga chiqadi. Muallifning ilmiy hissasi insonni obyekt va subyekt birligi sifatida tushunadigan yaxlit ontologik modelni taklif etish hamda uning gnoseologik muqobilini — tushuntirish va anglashning to‘ldiruvchiligini — ko‘rsatishdan iborat. Amaliy ahamiyati ushbu modeldan insonshunoslik fanlarini muvofiqlashtirish va ta’lim hamda ijtimoiy sohada insonga gumanistik munosabatni asoslashda foydalanish imkoniyatidadir.