Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK VA INGLIZ MEDIA-MATNLARIDA YURIDIK TERMINLARNING PRAGMATIK SALOHIYATI: ILLOKUTIV VA PERLOKUTIV ASPEKTLAR

Yuridik termin, pragmatik salohiyat, media-matn, illokutiv maqsad, perlokutiv ta’sir, nutqiy akt, huquqiy diskurs, OAV, kross-madaniy tahlil.

Mualliflar

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz media-matnlarida qo‘llaniladigan yuridik terminlarning lingvopragmatik tabiati qiyosiy tadqiq etilgan. Tadqiqotning bosh muammosi OAV diskursida huquqiy tushunchalarning shunchaki informativ vazifadan tashqari, o‘quvchi ongiga sotsio-pragmatik ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Maqolada nutqiy aktlar nazariyasi, komponent tahlil va qiyosiy-tipologik metodologiyadan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ingliz media-matnlarida yuridik terminlar ko‘proq analitik illokutiv maqsaddan kelib chiqsa, o‘zbek matbuotida perlokutiv ta’sir – preventiv va ogohlantiruvchi xarakter ustunlik qiladi. Muallifning ilmiy hissasi o‘zbek va ingliz tillari materialida huquqiy lingvomanbalarni pragmatik tiplashtirish modelini ishlab chiqqanligida namoyon bo‘ladi.