Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ ADABIYOTINING V.VULF ASARLARI MISOLIDA MODERNIZM DAVRI VA MENTAL FAZOLARNING LISONIY QURILISHI

Kognitiv lingvistika, mental fazolar nazaryasi, Modernizm, ong oqimi, lisoniy in’ikos, fazo quruvchi, Virjiniya Vulf, kognitiv stilistik tahlil, Jil Fokonye

Mualliflar

Ushbu maqolada modernizm adabiyotining yirik vakili Virjiniya Vulfning “Missis Dellouey” romani misolida mental fazolar nazaryasining lisoniy in’ikosi tadqiq etiladi. Asarda “ong oqimi” va subyektiv individual vaqt tushunchalari kognitiv lingvistika hamda konseptual integratsiya prizmasi orqali tahlil qilingan. Tadqiqot davomida matndagi sensor triggerlar va fazo quruvchi lisoniy vositalarning (space-builders) matn osti ma’nolarini va qahramonlar ruhiyatini ochib berishdagi kognitiv mexanizmlari hamda lingvopoetik xususiyatlarini yoritadi.