Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“KATTA QIRG‘IN”NING DAXSHATLI OQIBATLARI

“Katta qirg‘in”, “Katta terror”, “Bolshevizm”,qatog‘on qilinganlar, ommaviy kasalliklar, ochlik, tozalash siyosati.

Mualliflar

  • O‘tkir YAKUBOV Termiz davlat pedagogika instituti dotsenti, geografiya fanlari nomzodi, Uzbekistan

Mazkiur maqolada 1937 yildagi “Katta qirg‘in”ning kechishi va daxshatli oqibatlari to‘g‘risidagi tarixiy hujjat va manbalar tahlil
qilingan hamda o‘sha davrdagi millat tarixi haqida fikr yuritiladi. “1937 yildagi Buyuk Terror” Sovet Ittifoqida Stalin rejimi
tomonidan amalga oshirilgan siyosiy repressiya davrini anglatadi. O‘sha paytda aholiga, ayniqsa ziyolilarga, harbiy va siyosiy
muxolifatchilarga qarshi ommaviy hibslar, sud jarayonlari va qatag‘onlar uyushtirilgan. Millionlab odamlar hibsga olingan,
o‘limga hukm qilingan, lagerlarga yoki surgunga yuborilgan. Ularning aksariyati Stalin rejimining befarqligi, xatolari va
yovuzligi qurbonlari bo‘lgan. Bu davr sobiq “Ittifoq” tarixida chuqur iz qoldirdi va XX asrdagi siyosiy qatag‘onlarning eng
shafqatsiz siyosatlaridan biri bo‘lgan.