Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MARKAZIY OSIYO DAVLATLARIDA KO‘PPARTIYAVIYLIK TIZIMI HAMDA UNING RIVOJLANISH MUAMMOLARI

Siyosiy partiya, ko‘ppartiyaviylik, demokratiya, fuqarolik jamiyati, totalitarizm, birpartiyaviylik, plyuralizm, mintaqa, davlat.

Mualliflar

Jahon mamlakatlari partiyaviy tizimlari ko‘ppartiyaviylik asosida rivojlanishi bugungi kunda fuqarolik jamiyatining asosiy omili sifatida qaralib kelinmoqda. Birpartiyaviylik o‘tgan asrning 90-yillaridagi inqirozi, ko‘ppartiyaviylik tizimining geografiyasini yanada kengaytirdi. Ko‘ppartiyaviylik jamiyatning eng kichik guruh va qatlamlariga ham e’tibor qaratib, uning manfaatlarini ruyobini keng ko‘lamli ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini isbotlab kelmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasida ham birpartiyaviylik tizimi barham topib yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi barobarida ko‘ppartiyaviylik tizimiga o‘tish va shu orqali huquqiy demokratik jamiyatlarga ega kuchli davlatlarni barpo etishga kirishildi. O‘tgan davr mobaynida mintaqa mamlakatlari rivojlanishda jadal davom etar ekan, ko‘ppartiyaviylik tizimi o‘zining optimalligini tajribada isbotlab berdi