Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘QUVCHILARDA TAFAKKUR MUAMMOSI O‘RGANILISHINING NAZARIY TAHLILI

Tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo‘lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bilvosita tafakkur muhim rol o‘ynaydi.

Mualliflar

  • Erkin MARDONOV, Termiz davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi, Uzbekistan

Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a’zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo‘lmaydigan
narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o‘rtasida ko‘z bilan ko‘rib,
quloq bilan eshitib bo‘lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud.