Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KORRUPSIYANI SOTSIAL HODISA SIFATIDAGI TAHLILIGA DOIR ILMIY YONDASHUVLAR

Korrupsiya, poraxo‘rlik, ta’magirlik belgilari, davlat boshqaruvi, murosasiz munosabat, qonun

Mualliflar

  • Shuxrat TURDIKULOV O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tadqiqotchisi, (PhD), Uzbekistan

Korrupsiya bizga uzoq davrlardan ma’lum bo‘lgan xodisa bo‘lib, dunyoning ayrim mamlakatlarida u odatiy hol sifatida qabul
qilingan. Biroq, u XX asrning ikkinchi yarimida ijtimoiy hodisa sifatida tan olindi. Hozirgi davrga kelsak, u korrupsiyaga
qiziqishning portlashi bilan tavsiflanadi. Korrupsiyaning tabiati, uning kelib chiqish sabablari va oqibatlari, korrupsiyaga qarshi
kurash masalalari bugungi kunning eng muhim muhokama mavzularidan biridir. O‘zbekistonda korrupsiya muammosining
dolzarbligi va uning salbiy oqibatlarini cheklash bo‘yicha bir qancha islohotlar olib borilmoqda. Mazkur maqolaning maqsadi
O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy hodisani turli yondashuvlar doirasida o‘rganish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdir. Maqolada
jamiyatdagi korrupsiya, shuningdek, korrupsiyaning xususiy va davlat sohalari o‘rtasidagi chegarasi haqida so‘z boradi va
ularning o‘zaro ta’siri muhokama qilinadi. Shuningdek korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirish sohasida bir qator
tavsiyalar beriladi.