Tabiiy fanlar

O‘SISHNI JADALLASHTIRUVCHI BAKTERIYALAR TOMONIDAN O‘SIMLIKLARNING O‘SISHINI RAG‘BATLANTIRISH MEXANIZMLARI

Pseudomonas, Bacillus, Azotobacter, rizobakteriya, patogen, kolonizatsiya, azotfiksatsiya.

Mualliflar

  • Ma’rufbek ISOQULOV O’zMU Biologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi magistranti, Uzbekistan
  • Shurigin VYACHESLAV O’zMU Biologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi dotsenti, Uzbekistan
  • Sitora SAMADIY O’zMU Biologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi o’qituvchisi, Uzbekistan
  • Bahora JALOLOVA O’zMU Biologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi doktaranti, Uzbekistan

O‘simliklarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bakteriyalar, molekulyar azotini fiksatsiya qilishi, o‘simliklarning fosfor bilan
oziqlanishini yaxshilashi, o‘simliklarning o'sishini tartibga keltiruvchi moddalar sintez qilish kabi turli xil xususiyatlari tufayli
baholanadi. Aynan shu xususiyatlar o'sish va rivojlanishni rag'batlantirishda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, o'simliklarning
o'sishi va rivojlanishini yaxshilanishi bakteriyalarning bionazorat xususiyatlari tufayli ham amalga oshirilishi mumkin jumladan,
ozuqa moddalari va infektsiyasiz joylari uchun raqobat, biokimyoviy jarayonlarning buzilishi, antibiotiklar ishlab chiqarish,
sideroforlar ishlab chiqarish, gidrolitik fermentlarni ishlab chiqarish, vodorod siyanid ishlab chiqarish. induksiya tizimining
barqarorligi kabilar.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##