Tabiiy fanlar

TRICHODERMA ASPERELLUM Uz-A4 MIKROMITSETI-FOYDALI IKKILAMCHI METABOLITLAR MANBAI

Trichoderma, terpenoid, alkaloid, ikkilamchi metabolit, mikroorganizm.

Mualliflar

Trichoderma asperellum Uz-A4 mikromitset zamburug‘i yuqori biologik faollikka ega bo‘lgan ko‘plab muhim ikkilamchi
metabolitlarni hosil qiladi. Maqolada biomassa ekstraktlarida mass-spektrli gaz xromatografiyasi (GX-MS) tahlillari olib
borildi. Trichoderma asperellum Uz-A4 kultural suyuqligida hosil bo‘lgan ikkilamchi metabolitlarga mansub uchuvchan
moddalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. GX-MS analizi yordamida 3-izopropil-7a-metil-1,4,5,6,7,7a-geksagidro-2N-inden-2-
on, 3,8-dimetil-5-(propil-1-yen-2)-1,2,3,3a,4,5,6,7-oktagidro azulen, 2-((1R,4R)-1, 4, 8-trimetil-spirodekil-7-en-1) propan-2-ol,
4-izopropil-1-metil-6-metilendekagidro naftalin-1,4a-diol metabolitlarining mavjudligi aniqlandi.