Ijtimoiy-gumanitar fanlar

5-11-SINF O‘QUVCHILARIDA KO‘RSATISH OLMOSHILI QO‘SHMA GAPLARNING O‘ZLASHTIRILISHI

Til o‘zlashtirish, ko‘rsatish olmoshi, qo‘shma gap, konstruksiya, leksik xatolik

Mualliflar

Ushbu maqolada 5–11-sinf o‘quvchilarida qo‘shma gap shakllarining o‘zlashtirilishini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tajriba
bayoni keltirildi. Qo‘shma gap shakllari uchun tuzilgan gaplarning tartibi o‘zgartirilgan holda o‘quvchilarga proyektor orqali
ko‘rsatildi. Keyingi bosqichda ko‘rsatilgan gap asosida tuzilgan savol o‘qib eshittirildi va tajriba ishtirokchilaridan tarqatilgan
javoblar varaqasida javoblarni qayd etish so‘raldi. Tajriba natijalaridan 5–11-sinf o‘quvchilari ko‘rsatish olmoshili qo‘shma gap
shakllarini to‘la o‘zlashtirmaganligi aniqlandi.