Tabiiy fanlar

MITOXONDRIYA ATF GA BOG‘LIQ KALIY KANALINING HUJAYRA FIZIOLOGIYASIDAGI ROLI

Mitoxondriya, K+ kanallar, ATF ga bog‘liq kaliy kanal, aktivatorlar, ingibitorlar.

Mualliflar

Jahondagi yetakchi ilmiy markazlarda turli to‘qimalar mitoxondriyalari funksiyalarining buzilishi, aksariyat patologik jarayonlar,
jumladan ishemiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi e’tirof etilmoqda. Mitoxondriya - tirik organizmlar, jumladan sut
emizuvchilar hujayralarida energiya sintezlovchi, shuningdek fiziologik va patologik holatlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
organoiddir. Hujayra fiziologiyasida mitoxondriyalardagi K+ kanallari, jumladan ATF ga bog‘liq kaliy kanalining roli alohida
etirofga loyiq. ATF ga bog‘liq kaliy kanal mitoxondriya hajmini boshqarishda, uning butunligini saqlanishida muhim ahamiyat
kasb etadi. Mitoxondriya ATF ga bog‘liq kanalining faollashishi “himoya mexanizmlarini” keltirib chiqaradi, ingibirlanishi esa
hujayraning nobud bo‘lishigacha olib kelishi mumkin.