Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TERMINLAR TADQIQIGA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Terminologiya, an’anaviy yondashuv, zamonaviy yondashuv, Vena maktabi, Evgen Vyuster, M.T. Kabre Kastelvi, terminotizim, terminologizatsiya, reterminologizatsiya.

Mualliflar

Maqolada termin va tushuncha o‘rtasidagi munosabat, termin tizimining mantiqiy va konseptual asoslari, shuningdek,
terminotizimga qo‘yiladigan asosiy talablarga (tizimlilik, aniqlik, tushunarlilik) oid fikrlar keltirilgan. Zamonaviy terminologiya
mohiyatini uch yo‘nalishda – nazariya, amaliy faoliyat va maxsus fan sohasining lug‘at tarkibi sifatida izohlanadi. Yakunda, o‘zbek
tilshunosligida termin tadqiqining dolzarb masalalari – terminologizatsiya, determinologizatsiya, reterminologizatsiya,
shuningdek, predtermin, kvazitermin, terminoid, gibrid termin kabi birliklarning o‘rganilishi bilan bog‘liq muammolarni yoritadi.