Tabiiy fanlar

ArcGIS DASTURIDA ANAMORFOZA XARITALARINI TUZISH TARTIBI

geografik axborot tizimlari, dastur, xarita, tasvir, anamorfoza, fazoviy ma’lumot, qatlam.

Mualliflar

  • Aziza IBRAIMOVA Aziza IBRAIMOVA, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, g.f.n, Uzbekistan
  • Behruz MALLAYEV O‘zR FA Seysmologiya instituti kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan

ArcGIS geografik axborotni to‘plash, tashkil etish, boshqarish, tahlil qilish, almashinish va taqdim etish imkonini beruvchi to‘liq
tizim hisoblanadi. GAT qurilishi va foydalanish uchun platformalar orasida yetakchilardan hisoblangan ArcGIS davlat
boshqaruvi, mudofaa, tadbirkorlik, fan, ta’lim, OAV, turizm kabi sohalarda geografik bilimlarni qo‘llashda foydalanib
kelinmoqda. ArcGIS dasturida nafaqat an’anaviy geografik xaritalar, balki turli xil noodatiy ilmiy tasvirlarni, animatsiyalarni
ham hosil qilish mumkin. Shulardan biri anamorfozalar hisoblanadi. Ushbu maqolada ArcGIS dasturi asosida anamorfoza
xaritalarini yaratish tartibi ko‘rib chiqiladi.