Tabiiy fanlar

ISLOM SIVILIZATSIYaSI MADANIY MEROS OBYEKTLARINI GAT TEXNOLOGIYaLARI ASOSIDA XARITAGA OLIShNING AYRIM JIHATLARI

Islom sivilizatsiyasi, madaniy meros obyektlari, GAT texnologiyalari, xaritaga olish, shartli belgilar banki, madaniy meros obyektlarining toifalari, veb servislar.

Mualliflar

Hozirgi vaqtda Islom sivilizatsiyasi madaniy meros obyektlarini turli masshtablardagi mavzuli xaritalarda aks ettirish zamonaviy
ilm-fanning rivojlanayotgan va juda istiqbolli sohasi hisoblanadi. Bugungi kunga qadar madaniy meros obyektlarini xaritaga
olishning aniq usullari hali uncha takomillashib ulgurmagan, hozirda ularni mavjud usullar asosida ishlab chiqishning ayrim
nazariy va amaliy masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Shunga ko‘ra, mazkur maqolada islom sivilizatsiyasi madaniy meros
obyektlarining GAT dasturlari asosida geoma’lumotlar bazasini hamda ularning shartli belgilar bankini shakllantirish bo‘yicha
bir qator namunalar taklif etilgan. Undan tashqari, O‘zbekistonda mavjud diniy madaniy-ma’rifiy meros obyektlarini xaritaga
olishda zaruriy tasniflar ishlab chiqilib, ular orqali xaritada ko‘rsatiladigan belgilar tizimi masshtablar bo‘yicha mos guruhlarga
ajratib chiqilgan. Kartografik tasvirlash usullari orqali xaritada ko‘rsatiladigan shartli belgilar guruhlarining o‘lchamlari
masshtablar qatorining o‘zrgarishiga bog‘liq holda hisoblab chiqilgan.