Tabiiy fanlar

ENDOEDRAL KARBIN KATALITIK SINTEZIDA KISLOROD EFFEKTI

endoedral karbin, uglerodli nanonaycha, nikel katalizatori, katalitik sintez, kislorod effekti, molekulyar dinamika.

Mualliflar

  • Aziza ERGASHEVA O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti O‘zR FA Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti muhandisi, Uzbekistan
  • Kamoliddin MEHMONOV O‘zR FA, Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti stajyor tadqiqotchisi, Uzbekistan
  • Turg‘unali AHMADJANOV O‘zbekiston Milliy universiteti fotonika kafedrasi mudiri, Uzbekistan
  • Umedjon XALILOV O‘zR FA Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti bosh ilmiy xodimi Belgiya, Antverpen Universiteti, Plasmant tadqiqot guruhi, Uzbekistan

Yangi uglerod nanostrukturalaridan biri karbin so‘ngi yillarda o‘zining g‘ayritabiiy fizik xususiyatlari tufayli zamonaviy
nanotexnologiyada ko‘plab tadqiqotlar mavzusiga aylana boshladi. Garchi karbin turli usullar yordamida samarali sintez
qilinayotgan bo‘lsada, endoedral karbinning uglerod gazlariga bog‘liq katalitik sintezi mexanizmlari haligacha to‘liq
tushunilmadi. Ushbu modellashtirishga asoslangan ishda, (5,5)@(10,10) ikki qavatli uglerod nanonaychasi ichida nikel Ni 5
katalizatori ishtirokida endoedral karbinning C va CO radikallarga bog‘liq sintez jarayonlari tadqiq etildi. Xususan, natijalar
Ni 5 @(5,5)@(10,10) model tizim ichiga C atomlarini kiritish orqali uzun uglerod zanjirini hosil bo‘lishini ko‘rsatsada, CO
radikali yordamida esa dastlabki bosqichlardagi karbin zanjirining ilk nukleatsiyasidan so‘ng kislorod atomlari nikel klasterini
oksidlashi (ya’ni, katalizatorning zaharlanishi) tufayli uglerod zanjiri o‘sishdan to‘xtashi mumkinligini ko‘rsatdi. Olingan
natijalar mavjud nazariy, modellashtirish va eksperimental natijalar bilan solishtirilib tahlil qilindi. Ushbu tadqiqot ertangi kun
nanotexnologiyasi uchun yangi uglerod strukturalari, xususan, karbinga asoslangan nanoqurilmalar sintezi bo‘yicha foydali
ma’lumotlar beradi.