Tabiiy fanlar

PERILEN ASOSLI ORGANIK NANOKRISTALLARNING NUKLEATSIYAOLDI JARAYONLARINI MODELLASHTIRISH

organik nanokristallar, nukleatsiyaoldi mexanizmi, molekulyar dinamika, klasterlanish, yassi perilen molekulalari.

Mualliflar

  • Dilfuza HUSANOVA O‘zR FA, Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Jur’at OCHILOV O‘zbekiston Milliy Universiteti magistranti O‘zR FA, Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti muhandisi, Uzbekistan
  • Odina XOLMATOVA O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi, Uzbekistan
  • Umedjon XALILOV f.-m.f.d, O‘zR FA, Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti bosh ilmiy xodimi, Uzbekistan

Perilen asosli organik nanokristallar turli sohalarda qo‘llanilayotgan bo‘lsada, ular sintezining ilk bosqichlari hisoblangan
nukleatsiyaoldi jarayonlarining eksperimental natijalar orqali tushunilishi hali ham murakkabligicha qolmoqda. Shuning uchun,
ushbu ishda, reaktiv molekulyar dinamika (MD) modellashtirish usulini qo‘llagan holda, tanlangan yassi perilen (PERLEN08 va
WUFJEM) molekulalari asosidagi organik kristal sintezining nukleatsiyaoldi jarayonlari tabiati o‘rganildi. Olingan natijalar
shunga dalolat qiladiki, qo‘shimcha metoxy guruhi molekulalarning klasterlanish tezligiga hamda hosil bo‘lgan klasterlar
strukturasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Undan tashqari, ikkala holatda ham klasterlarning paydo bo‘lishi Ostvald suyultirish
qonuniga asoslanib, Gibbs erkin energiyasi bo‘yicha tahlil bu hodisa klasterlarning hajmiy barqarorligiga bog‘liq ekanligini
ko‘rsatdi. Umuman olganda, ushbu tadqiqot zamonaviy nanotexnologiyada qo‘llaniluvchi yassi perilen molekulalariga
asoslangan organik nanokristallar sintezining boshqaruvi uchun uning dastlabki bosqichlarini yaxshiroq tushunishga yordam
beradi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##