Tabiiy fanlar

SURXONDARYO VILOYATI MEVALI BOG‘LARINING FITONEMATODALARI

Surxondaryo viloyati, mevali bog‘lar, fitonematodalar, olma, o‘rik, shaftoli, gilos, olxo‘ri, ildiz sistemasi, ildiz atrofidagi tuproq.

Mualliflar

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati mevali bog‘larida tarqalgan fitonematodalarning turlar tarkibi, tarqalishi to‘g‘risida
ma’lumotlar berilgan. Tadqiqotlar natijasida Surxondaryo viloyati mevali bog‘larida 2 ta kenja sinf, 4 ta turkum, 16 ta oila, 21 ta
avlodga mansub 36 tur fitonematodalar aniqlandi. Mevali daraxtlarning ildiz sistemasi va ildiz atrofidagi tuproqda
Diphtherophora communis, Eucephalobus oxyuroides, Panagrolaimus rigidus, Aphelenchus avenae, Aphelenchoides parietinus,
Quinisulcius capitatus, Helicotylenchus dihystera va H.erythrinae turlari dominantlik qilishi qayd etildi.