Tabiiy fanlar

GLITSIRRIZIN – QIZILMIYA O‘SIMLIGINI QIYMATINI IFODALOVCHI MODDA

Glycyrriza glabra Linn, glitsirrizin kislota, izolikviritin, antispazmolitik, immunologik, sedativ, antikoagulyant

Mualliflar

Ma`lumki bugungi kunda o‘simliklardan ajratib olinayotgan tabiiy birikmalarga talab oshib bormoqda. Sababi tabiiy
birikmalardan asosan dori vositasi sifatida foydalaniladi. Tabiiy birikmalardan ajratib olingan moddalardan tayyorlangan dori
vositalari o‘zining kam zaharliligi, tirik organizmga mos kelishi va o‘ziga xos faolligi bilan sintetik usulda olingan dori
vositalaridan ajralib turadi. Leguminosae oilasiga mansub shunday oʻsimliklardan biri qizilmiya , ilmiy nomi esa Glycyriza
glabra Linndir. Bu o‘simlik dorivorlik xususiyati yuqori bo‘lib, glitsirrizin kabi bir nechta birikmalar, glitsirrizik kislotasi,
izolikviritin topilgan va bu moddalarning saratonga qarshi, diabetga qarshi, astmaga qarshi, yalligʻlanishga qarshi, mikroblarga
qarshi va antispazmodik faoliyati aniqlangan. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlar gepatoprotektiv, immunologik, xotirani
kuchaytiruvchi faoliyatda katta rol oʻynaydi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##