Tabiiy fanlar

ZААNEN ECHKILАRI SUTIDАN QАTIQ TАYYORLАSH JАRАYONI IQTISODIY SАMАRАDORLIK KO‘RSАTKICHI HАMDА OZUQА RАTSIONI TАRKIBINI OPTIMАLLАSHTIRISHNING ECHKI SUTIDАN TАYYORLАNGАN QАTIQNING АYRIM FIZIK-KIMYOVIY KO‘RSАTKICHLАRIGА TА’SIRI

Zaanen echkilari suti, qatiq, iqtisodiy rentabellik, ozuqa tarkibini optimallashtirish, probiotik, premiks.

Mualliflar

Mazkur tadqiqotda Zaanen echkilari sutidan 1 l qatiq (35 000 so‘m) tayyorlash uchun 1,3 l echki suti (1 l=20 000 so‘m)
sarflangan holatda, daromad o‘rtacha 15 000 so‘mga (iqtisodiy rentabellik 34,64%) teng bo‘lishi aniqlandi. Shuningdek,
optimallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan echkilar ozuqa ratsioni (I tajriba guruhi), «Felutsen O 2-2» kompleks premiks ozuqa
qo‘shimchasi (OOO «Аgrovit»; Rossiya Federatsiyasi) (II tajriba guruhi) va «Biolatic K-500» («RoyalFeed»; Gonkong)
probiotigi (OOO «Аgrovit»; Rossiya Federatsiyasi) (III tajriba guruhi) 30 sutka davomida berilganda echki sutidan tayyorlangan
qatiq mahsulotining I tajriba guruhida nazoratga nisbatan yog‘lilik darajasi – 9,84%ga (II, III tajriba guruhlarida mos ravishda –
4,44% va 3,81% ga), oqsillar miqdori – 6,74%ga (II, III tajriba guruhlarida mos ravishda – 2,25% va 5,62% ga), kalsiy miqdori –
10,40% ga (II, III tajriba guruhlarida mos ravishda – 6,05% va 3,78% ga) ortishi aniqlandi.