Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGIDA INGICHKA TOLALI PAXTA YETISHTIRISHNING AHAMIYATI (QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI MISOLIDA. 1945 – 1990 – YY.)

Mualliflar

  • Durdona ABDULLAYEVA, Magistr, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Sanobar DJURAYEVA Tarix fanlari doktori (DSc), katta o‘qituvchi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Milliy istiqlolga erishganimizdan so‘ng, tariximizni, xususan, juda soxtalashtirib talqin etilgan sovet davri va paxta ishi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni mafkuraviy qarashlardan holi tarzda o‘rganish ehtiyoji tugildi. Barchamizga malumki, sobiq sovet davrida Oʻzbekiston eng yirik paxta yetishtiruvchi mintaqalaridan biri boʻlib, mamlakat toʻqimachilik sanoatini xomashyo bilan ta’minlagan. Paxta yetishtirish jadal rivojlantirilib, yangi sugʻoriladigan yerlar oʻzlashtirilgan. Oʻzbekiston SSR sovet davrida Ittifoq tarkibidagi agrar-industrial respublikalardan biri sifatida mamlakat xalq xoʻjaligida muhim oʻrin tutgan bo‘lib, respublikaning iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligi va sanoatga tayanib, SSSRning umumiy xoʻjalik tizimida strategik ahamiyatga ega boʻlgan holda asosiy paxta yetkazib beruvchi hududlardan biri edi. "Oq oltin" deb atalgan paxta mamlakat sanoati, ayniqsa, yengil sanoat va toʻqimachilik tarmoqlari uchun muhim xomashyo hisoblangan. XX asrning oʻrtalarida Oʻzbekiston paxta yetishtirish hajmi boʻyicha Sovet Ittifoqida yetakchi oʻrinlardan birini egalladi.