Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TABIIY TILNI AVTOMATIK QAYTA ISHLASHDA SINTAKTIK VALENTLIKNI TADQIQ ETISH MUAMMOLARI

Kompyuter lingvistikasi, sun’iy intellekt, lison va nutq, valentlik nazariyasi, sintaksema, komponent tahlil, 7 ta sintaktik aloqa operatori, omoformiya, transformatsiya algoritmi.

Mualliflar

  • Rustam ASADOV PhD, dotsent, Samarqand akademik litseyi, Samarqand, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada tabiiy tilni avtomatik qayta ishlash (NLP) va sun’iy intellekt tizimlarida sintaktik tahlil aniqligini oshirish
muammolari falsafiy-lingvistik rakursda tadqiq etilgan. G‘arb hisoblash lingvistikasidagi chiziqli cheklanishlar hamda o‘zbek
tilshunosligidagi “Til – Lison – Me’yor – Nutq” konsepsiyasi o‘zaro qiyoslanib, ingliz tilidagi language/speech binar
oppozitsiyasining dasturiy kamchiliklari isbotlangan. Tadqiqotda an’anaviy til sathlarning aralashib kelishi natijasida yuzaga
keladigan omonimik va kontekstual xatoliklar tahlil qilinib, ularga yechim sifatida professorlar A.M.Muxin va O‘.U.Usmonovlar
nazariyasiga tayangan holda 7 ta qat’iy sintaktik-semantik aloqa operatori tizimi taklif etilgan. Tanlangan empirik materiallar
asosida gapning tashqi (nutqiy-komponentli) va ichki (lisoniy-sintaksemik) qurilmalari formal modellashtirilgan.