Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“TURIZM QISHLOG‘I” MAQOMIDAGI MASKANLARNI ETNOQISHLOQ KONSEPSIYASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH (JIZZAX VOHASI QISHLOQLARIDA MISOLIDA)

Barqarorlik, turizm, tarixiy-etnografik, qishloq, konsepsiya, nazariya, axborotlashtirish

Mualliflar

  • Akbar BABABEKOV PhD, dotsent, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Bugungi kunda jahonda turizm taraqqiyotining ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini oshirish va salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida turizm sohasini barqaror rivojlantirishga ilmiy-nazariy asos yaratadigan zamonaviy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, hududiy turizm salohiyatini, xususan, tarixiy-etnografik yo‘nalishni qishloq joylarining barqaror taraqqiyoti omili sifatida tadqiq etish va raqobatbardoshligini ta’minlovchi mezonlarni o‘rganish zamonaviy ilm-fannig dolzarb predmetiga aylandi. Shu bois, Jizzax vohasi qishloqlarida tarixiy-etnografik turizmni iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, aholi daromadalari va turmush darajasini oshirish dastagi sifatida o‘rganish, bu jarayonda barqarorlik tamoyillariga tayanish va raqamli texnologiyalarni keng tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqola Jizzax vohasi qishloqlari misolida tarixiy-etnografik turizm sohasida barqarorlik, qishloq turizmi konsepsiyasi va sohani axborotlashtirishning ilmiy nazariy asoslarini tadqiq etishga qaratilgan.