Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MEHNATGA OID FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SEMANTIK TASNIFI

Mehnat, frazeologiya, iboralar, semantik tasnif, qiyosiy tahlil, tarjima, til o‘qitish, amaliy tilshunoslik.

Mualliflar

  • Gulhayo BOYMURODOVA Assistant of the Department of Uzbek Language and Literature, Termiz State University of Engineering and Agrotechnologies, Termiz, Uzbekistan, Uzbekistan

Mehnat inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u ijtimoiy mavqe, madaniy qadriyatlar va kundalik faoliyat bilan chambarchas
bog‘liqdir. Ayniqsa, mehnatga oid frazeologik birliklar va iboralar tilning boyligi, xalqning madaniy an’analari hamda ijtimoiy
qarashlarini aks ettiradi. Mazkur tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi mehnatga oid frazeologik birliklarni semantik
jihatdan tasniflash, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash hamda ularning til o‘qitish, tarjima va amaliy tilshunoslikdagi
ahamiyatini yoritishdan iborat. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda mazmun jihatidan o‘xshash iboralar mavjud
bo‘lsa-da, ularning qo‘llanishi milliy madaniyat, tarixiy taraqqiyot va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllangan. Frazeologik
birliklarning semantik tasnifi ularni tushunish, tarjima qilish va o‘qitishda tizimli yondashuvni ta’minlab, til, madaniyat va jamiyat
o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni namoyon etadi