OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA O‘Z JONIGA QASD QILISH MAVZUSINI YORITISH: XALQARO YONDASHUVLAR VA O‘ZBEKISTON INTERNET NASHRLARI MISOLIDA
##submission.downloads##
Mazkur maqolada ommaviy axborot vositalarida o‘z joniga qasd qilish mavzusini yoritishning xalqaro yondashuvlari hamda
O‘zbekiston internet nashrlari misolida ushbu mavzuning yoritilish amaliyoti tahlil qilinadi. Tadqiqotda Verter va Papageno
effektlari media va suitsid o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushuntiruvchi nazariy asos sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, Daryo,
Kun.uz kabi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan materiallar mazmuni, til uslubi, voqea tafsilotlarini yoritish darajasi, vizual
kontentdan foydalanish hamda xalqaro jurnalistika tavsiyalariga muvofiqligi qiyosiy tahlil qilinadi. Tahlil natijalari O‘zbekiston
internet nashrlarida suitsid mavzusini yoritishda rasmiy manbalarga tayanish amaliyoti shakllangan bo‘lsa-da, ayrim materiallarda
voqea tafsilotlarining ortiqcha yoritilishi, shaxsga oid ma’lumotlarning to‘liq ochiqlanishi va hissiy ta’sirni kuchaytiruvchi vizual
materiallardan foydalanish holatlari uchrashini ko‘rsatadi.
1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti. Preventing suicide: A resource for media professionals. – Jeneva, 2023.
2. Phillips D.P. The influence of suggestion on suicide: Substantive and theoretical implications of the Werther effect //
American Sociological Review. – 1974. – 39-jild, №3.
3. Niederkrotenthaler T., Till B. Suicide and the media: From Werther to Papageno effects // Journal Suicidologi. – 2019. – 24-
jild, №2.
4. Navoiyda o‘zi va uch qizining joniga qasd qilgan ayol voqeasi. Eri uni o‘g‘il tug‘maslikda ayblab kelgan. – Kun.uz.
5. Qashqadaryoda qaynatasi bilan tortishib qolgan kelin o‘zi va ikki farzandini poyezd tagiga tashlab, vafot etdi. – Daryo.
6. Toshkentda uch nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan tashlagan ayol onasining uyida yashab kelgan. – Daryo.
Mulkiiyat (c) 2026 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..




.jpg)

.png)




