Ijtimoiy-gumanitar fanlar

FITRAT ADABIY MEROSIDA G‘ARB TALQININING TADRIJIY RIVOJLANISHI

Fitrat, G‘arb talqini, jadid adabiyoti, badiiy tafakkur, publitsistika, semiosfera, dialogizm, qiyosiy tahlil, Sharq va G‘arb, milliy uyg‘onish.

Mualliflar

  • Dildora RAXMONOVA PhD, dotsent vazifasini bajaruvchi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada Abdurauf Fitrat adabiy va publitsistik merosida G‘arb talqinining tadrijiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
«Munozara», «Hind sayyohi bayonoti», «Chin sevish», «Hind ixtilolchilari» va «Sharq siyosati» asarlari qiyosiy tahlil asosida
o‘rganildi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, qiyosiy-tipologik hamda badiiy matn tahlili usullaridan foydalanildi, natijalar Y. M.
Lotmanning semiosfera nazariyasi va M. M. Baxtinning dialogizm konsepsiyasi asosida izohlandi. Tahlillar Fitrat ijodida G‘arb
talqini ma’rifiy ideal, ijtimoiy taraqqiyot mezoni, tanqidiy baholash obyekti, milliy ozodlik muammolari bilan bog‘liq siyosiy
hodisa va xalqaro siyosiy tafakkur darajasigacha tadrijiy rivojlanganini ko‘rsatdi. Maqolaning ilmiy yangiligi Fitratning turli
davrlarda yaratilgan asarlari ilk bor yagona badiiy taraqqiyot jarayoni sifatida qiyosiy tahlil qilinganidadir.