Ijtimoiy-gumanitar fanlar

GENERATIV SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA DIPLOMATIK TARJIMA: LINGVOKULTUROLOGIK ADEKVATLIK VA INSON OMILI

Generativ sun’iy intellekt, diplomatik tarjima, lingvokulturologik adekvatlik, inson omili, tarjimashunoslik, diplomatik diskurs, pragmatik ekvivalentlik, koheziya, kogerentlik, post-tahrirlash.

Mualliflar

  • Gulasal ROFIYEVA PhD, JIDU, fransuz tili o‘qituvchisi, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada generativ sun’iy intellekt vositalarining diplomatik tarjimada lingvokulturologik adekvatlikni ta’minlashdagi
imkoniyatlari hamda inson omilining o‘rni tadqiq etiladi. Tadqiqotda diplomatik diskursga xos bo‘lgan semantik aniqlik, pragmatik
ekvivalentlik, diplomatik ohang, koheziya, kogerentlik, referensial izchillik va baholovchi birliklarning saqlanish darajasi qiyosiy
tahlil qilindi. Metodologik asos sifatida qiyosiy-tavsifiy, diskursiv va lingvopragmatik tahlil usullaridan foydalanildi