Ijtimoiy-gumanitar fanlar

J. K. ROULING BADIIY OLAMIDA TASHQI VA ICHKI INTERTEKSTUALLIK MUALLIFLIK NOVATORLIGINING SHAKLI SIFATIDA

J. K. Rouling, Garri Potter, fentezi, intertekstuallik, tashqi intertekstuallik, ichki intertekstuallik, mualliflik novatorligi, badiiy olam, individual uslub, mualliflik nominatsiyasi.

Mualliflar

  • Диана АБДУРАМАНОВА Доцент, Чирчикского государственного педагогического университета, Чирчик, Узбекистан, Uzbekistan

Ushbu maqolada J. K. Rouling badiiy olamidagi tashqi va ichki intertekstuallik mualliflik novatorligining shakli sifatida tadqiq
etiladi. “Garri Potter” romanlar turkumi materiallari asosida adibaning mifologik, folklor, Bibliyaga oid, gotik, detektiv va maktab
romani an’analariga murojaat qilishining asosiy usullari aniqlanadi. Tashqi madaniy manbalar hamda matn ichidagi o‘zaro
aloqalarning yaxlit fantastik olamni yaratish, obrazlar va motivlar tizimini shakllantirish, shuningdek, mualliflik nominatsiyalarini
yuzaga keltirishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijasida J. K. Rouling asarlarida intertekstuallik bezak vazifasini
emas, balki strukturaviy-semantik funksiyani bajarishi, matnning ko‘pqatlamliligini, romanlar turkumining mazmuniy yaxlitligini
hamda adiba individual uslubining namoyon bo‘lishini ta’minlashi asoslandi