Ijtimoiy-gumanitar fanlar

JANUBIY-SHARQIY OSIYODA DAVLAT VA DIN MUNOSABATLARI MODELLARI (MALAYZIYA, INDONEZIYA VA SINGAPUR MISOLIDA)

davlat-din munosabatlari, sekulyarizm, diniy pluralizm, institutsional model, Malayziya, Indoneziya, Singapur, diniy bagʻrikenglik, ijtimoiy barqarorlik.

Mualliflar

  • Anvar MUSTAFOYEV Mustaqil tadqiqotchi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi, Toshkent, O‘zbekiston , Uzbekistan

Ushbu maqolada Janubi-Sharqiy Osiyoda davlat va din munosabatlarining institutsional modellari Malayziya, Indoneziya va Singapur misolida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi mazkur davlatlarda diniy boshqaruvning huquqiy, siyosiy va ijtimoiy mexanizmlarini aniqlash hamda ularning jamiyat barqarorligiga ta’sirini baholashdan iborat. Metodologik jihatdan institutsional yondashuv, qiyosiy tahlil va tizimli tahlil usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Malayziyada davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan islomiy model, Indoneziyada pluralistik va “Pancasila” tamoyiliga asoslangan muvozanatli model, Singapurda esa qat’iy sekulyar va pragmatik boshqaruv modeli shakllangan. Har bir model tarixiy omillar, etnik tarkib va siyosiy strategiyalar bilan bog‘liq. Tadqiqot xulosalari davlat va din o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash ijtimoiy barqarorlik, diniy bag‘rikenglik va siyosiy legitimlik uchun kerak ekanligini tasdiqlaydi.