Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘RTA DARAJADAGI (IELTS 5.5) TALABALARDA INGLIZ TILI KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA INDIVIDUAL YONDASHUVNING SAMARADORLIGI

Kommunikativ kompetensiya, individual yondashuv, IELTS, differensial ta’lim, til o‘rganish, pedagogika

Mualliflar

  • Dilorom QAMBAROVA Professor, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona, O‘zbekiston , Uzbekistan

Mazkur maqolada o‘rta darajadagi (IELTS 5.5) talabalar uchun ingliz tili kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda individual yondashuvning samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan, differensial ta’lim, kommunikativ metod va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Empirik tadqiqot natijalari individual yondashuv talabalarning til ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, o‘quvchilarning motivatsiyasi va mustaqil o‘rganish qobiliyati rivojlanishi aniqlangan.