Ijtimoiy-gumanitar fanlar

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI YO‘NALISHI TALABALARINI CLIL TEXNOLOGIYASI ASOSIDA INGLIZ TILI O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODIKASI

CLIL, ingliz tili ta’limi, axborot texnologiyalari, oliy ta’lim, metodika, integratsiyalashgan ta’lim, kasbiy muloqot

Mualliflar

Mazkur maqolada axborot texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavr talabalariga ingliz tilini o‘qitishda CLIL (Content and Language Integrated Learning) texnologiyasidan foydalanish metodikasi tahlil qilinadi. Globallashuv va raqamli transformatsiya davrida ingliz tili IT mutaxassislari uchun muhim kompetensiyaga aylandi, chunki texnik hujjatlar, dasturlash tillari, dasturiy interfeyslar hamda professional muloqot asosan ingliz tilida olib boriladi. An’anaviy til o‘qitish usullari ko‘pincha IT talabalarining kasbiy ehtiyojlarini to‘liq qondira olmaydi. Shu sababli, fan mazmuni bilan til ta’limini integratsiyalashgan holda tashkil etuvchi CLIL yondashuvi samarali yechim sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqolada CLIL texnologiyasining nazariy asoslari, pedagogik tamoyillari, amaliy qo‘llash usullari va uning IT sohasidagi oliy ta’lim uchun dolzarbligi yoritiladi.