Ijtimoiy-gumanitar fanlar

LIFELONG LEARNING KONSEPSIYASINING SHAXS RIVOJLANISHI VA IJTIMOIYLASHUVIDAGI NAZARIY ASOSLARI

Lifelong Learning, hayot davomida ta’lim olish, uzluksiz ta’lim, shaxs rivojlanishi, ijtimoiylashuv, o‘zini o‘zi rivojlantirish, refleksiya, individual ta’lim trayektoriyasi, kasbiy moslashuv, tanqidiy fikrlash.

Mualliflar

  • Firuza T. XUSAINOVA Dotsent, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent, O‘zbekiston , Uzbekistan

Mazkur maqolada Lifelong Learning konsepsiyasining shaxs rivojlanishi va ijtimoiylashuvidagi nazariy asoslari tadqiq etilgan. Unda globallashuv, raqamli transformatsiya va mehnat bozori talablarining o‘zgarishi sharoitida uzluksiz ta’limning kasbiy, intellektual va ijtimoiy rivojlanishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, Lifelong Learning konsepsiyasining o‘zini o‘zi rivojlantirish, mustaqil ta’lim, refleksiv fikrlash, kasbiy moslashuv va raqobatbardoshlikni shakllantirishdagi o‘rni asoslangan.