Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK OILALARIDAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLAR KONTEKSTIDA EMOTSIONAL ALIENATSIYA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA

Emotsional alienatsiya, oilaviy munosabatlar, shaxslararo munosabatlar, emotsional yaqinlik, oilaviy mansublik, psixologik iqlim, er-xotin kommunikatsiyasi, ota-ona va farzand munosabatlari, qadriyatlar orientatsiyasi, psixologik farovonlik.

Mualliflar

Mazkur maqolada oilaviy shaxslararo munosabatlar tizimida emotsional alienatsiyaning shakllanishi, namoyon bo‘lish mexanizmlari, individual, diadik va oilaviy-tizimli determinantlari ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Emotsional alienatsiya oila a’zolarining jismonan bir makonda yashashiga qaramay, o‘zaro hissiy yaqinlik, psixologik daxldorlik, tushunilganlik, qo‘llab-quvvatlanganlik va xavfsiz bog‘langanlikni yetarli darajada his qilmasligi bilan tavsiflanadigan ko‘p o‘lchovli fenomen sifatida talqin etilgan. Tadqiqotda oilaviy qadriyatlar, er-xotinlik ustanovkalari va umumiy hayotiy ustuvorliklar bo‘yicha taqdim etilgan empirik foizlar ikkilamchi qiyosiy-psixologik tahlil asosida emotsional integratsiya resurslari ustun hamda emotsional alienatsiya xavfi ustun profillar sifatida qayta tizimlashtirilgan.