Tabiiy fanlar

FAOLLASHTIRILGAN MIKROKREMNEZYOM YORDAMIDA PORTLANDSEMENTNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARINI OSHIRISH TADQIQOTI

Faollashtirilgan mikrokremnezyom, puzalonik, gidrotatsiya, modifikatsiya, polikarboksilat.

Mualliflar

Sementga bo‘lgan talab yuqori bo‘lganligi sababli, yuqori sifatli sement ishlab chiqarish muxim hisoblanadi.Olib borilgan
tadqiqotimizda sement sarfini kamaytirish va uning mustahkamligini oshirish maqsadida faollashtirilgan mikrokremnezyom va
yangi polikarboksilatli superplastifikatordan foydalanish samarali natija berdi. An’anaviy sement va faollashtirilgan
mikrokremnezyomdan qo‘shimcha qilingan sement namunalari siqilishga bo‘lgan mustahkamligi o‘rganilgan. Shuningdek,
olingan namunalarni qotish vaqtlari va x-ray diffraktometriya usuli yordamida tadqiq qilindi hamda taqqoslandi. Olingan
natijalarda an’anaviy sement namunasiga nisbatan 10% faollashtirilgan mikrokremnezyom qo‘shilgan sement kompoziti
namunasining siqilishga bo‘lgan mustahkamligi yuqori ekanligi aniqlandi.