Tabiiy fanlar

DIAMINLAR ASOSIDA YANGI FTALOSIANIN PIGMENTINING SINTEZI VA TADQIQOTI

Ftalosianin, ftalimid, geksametilendiamin, pigment, metall, sintez, ftal angidrid, diamin, sufat kislota, ammoniy nitrat, ko‘k rangli organik bo‘yoqlar.

Mualliflar

  • Sardorbek SODIQOV Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Hasan BEKNAZAROV Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti professori,k.f.d, Uzbekistan
  • Abdulahat DJALILOV O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, kimyo fanlari doktori Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Uzbekistan
  • Xayit TURAYEV Termiz davlat universiteti professori, kimyo fanlari doktori, Uzbekistan

Ushbu ishda ftalosianin asosida ftalimid va u yordamida 1,6 geksametilendiamin ishtirok etgan holda yangi organik pigment
sintez qilindi. Sintez qilingan organik pigmenting markaziy atom sifatida metall kiritildi va bu jarayonda metall tuzlari reaksiyaga
kirish xususiyatlari o‘rganildi. Reaksiyaga kirishayotgan boshlang‘ich moddalar mol nisbatlarining o‘zgarishi bilan hosil qilingan
pigment tarkibi va tuzilishi, xossalari, mahsulot unumiga bog‘liqlik xususiyatlari tekshirildi. Termik analiz, IQ-spektroskopiya va
kimyoviy tahlil usullariga asoslanib reaksiya tenglamalari va mexanizmi taklif qilindi.