Tabiiy fanlar

O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI RIVOJLANISHINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI

Qishloq xo‘jaligi, yer, suv, oziq-ovqat xavfsizligi, sug‘oriladigan yer, meliorativ holat, tomchilatib sug‘orish.

Mualliflar

Maqolada mamlakat qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslaridan foydalanishning bozor iqtisodiyotiga mos keladigan ilmiy-uslubiy
asoslarini takomillashtirish, mavjud amaliyotni baholash va agroiqtisodiy tizimning hududiy tashkil etish omillarini tadqiq qilish,
ushbu tarmoq rivojlanishi yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar bayon qilingan.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yer-suv resurslaridan, innovatsiya, zamonaviy texnika va texnologiyalardan yetarli darajada
foydalanilmaslik, shu va shunga o‘xshash muammolar mamlakatimiz turli mintaqalarida o‘ziga xos hududiy xususiyatlari,
qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, uning tarmoqlar va hududiy tarkibi, ixtisoslashuvi respublika mintaqalari miqyosida bir-biridan
farq qilishi majmuali iqtisodiy geografik, tizimli yondashuv, hududiy tahlil va umumlashtirishga asoslangan holda keng yoritib
berilgan.