Tabiiy fanlar

TOZBULOQ ISHQORLI GRANITOIDI VA QAMROVCHI JINSLARNING KAMYOB YER ELEMENTLARI VA NODIR METALLARGA IXTISOSLASHUVINI GEOSTATISTIK MODELLASHTIRISH, GEOKIMYOVIY TADQIQOT NATIJALARI

Qizilqum, Quljuktov tizmasi, Tozbuloq maydoni, kamyob yer elementlari, nodir metallar, geokimyoviy xossalari, ishqorli granitoid.

Mualliflar

  • Akmal XALILOV Geologiya fanlari Universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, g.-m. f. doktori, Uzbekistan
  • Zafarjon ERGASHOV O‘zbekiston Milliy Universiteti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Azizjon RAHMATOV "Regionalgeologiya" DUK yetakchi geologi, Uzbekistan

Fan-texnika taraqqiyoti natijasida nodir metallar, kamyob yer elementlari kabi yangi xomashyoga talab ortib bormoqda.
Respublikamizning nodir metallar va kamyob yer elementlari mineral-xomashyo bazasini yaratish maqsadida bir qator istiqbolli
yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday maydonlardan biri Qizilqumning markaziy qismidagi Quljuktov
tizmasining markaziy qismida joylashgan Tozbuloqdir. Kamyob yer elementlari va nodir metallarning hududda tarqalishining
geokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish maqsadida geokimyoviy tadqiqotlarning dala bosqichida 250×50 m o‘lchamdagi asosiy
to‘rda olingan o‘n mingdan ortiq namunaning ICP-ms tahlil natijalari qayta ishlandi va turli statistik tahlillar natijalari geologik
talqin qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, nodir yer elementlarining minerallashuvi asosan Tozbuloq ishqorli
granitoidida, intruziv massiv joylashgan karbonat jinslarida, niobiy va tantal kabi nodir metallarning minerallashuvi esa daykalar
bilan bog‘liq.