Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OʻZBEK TILIDAGI “OSHIGʻI OLCHI” FRAZEOLOGIK BIRLIGI TAHLILIGA DOIR

Xalq ogʻzaki ijodi, frazeologik birlik, lingvomadaniyat, frazeologik birliklarning shakllanishi, frazeologik birliklar oʻzgarishi.

Mualliflar

Frazeologik birliklarda u yoki bu jamiyatdagi madaniyatning xususiyatlari aks etadi. Maqolada frazeologik birliklarning munosabat va
hissiyotni keng ifodalash imkonıyatlari, ularda xalqning qarashlari va yashash tarzi aks etishi bayon etilgan. Jamiyatning madaniy
oʻtmishini saqlab qolish tilning eng muhim vazifalaridan biridir va shu millatga tegishli frazeologik birliklarda millatning oʻziga xosligi
aks etishi ta’kidlab oʻtilgan.Maqolada oʻzbek tilidagi va turk tilidagi oʻxshash frazeologik birliklarning ayrimlari oʻrganiladi. Jumladan,
oʻzbek tilidagi “oshigʻi olchi” frazeologik birligining ma’nosiga yaqin bo’lgan turk tilidagi “aşığı bek oturmak” frazeologik birliklari
tahlil etilgan, ularning shakllanishi va qoʻllanilishidagi oʻxshashliklar misollar orqali yoritilgan.