Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK TILIDA MINIMAL GAPLARNING MILLIY QURILMASI

Modellashtirish, milliy model, xalqaro model, universal model, abstraksiya, til sathlari, ideallashtirish, sintaktik konstruksiya, gap, sintaktik sath, lisoniy-siktaktik qolip, minimal sodda gap model, lingvomadaniy tamoyil, sintaktik konstruksiya

Mualliflar

Ushbu maqolada tilning pog‘onali tuzilmasida eng yuqori bosqich sanalgan gap konstruksiyasining turli mantiqiy qonuniyatlar asosida
ishlab chiqilishi haqida so‘z yuritiladi. Bu jarayonda minimal gap konstruksiyalari til egalari nutqidagi sodda gaplarning eng muhim
xususiyatlarini umumlashtirish va ideallashtirish orqali hosil qilinishi aytiladi. Model ideallashtirilgan fikriy qurilma sifatida e’tirof
etiladi. Til birliklarining yuqori darajali umumlashmasi bo‘lgan sintaktik modellarning o‘zbek tilshunosligida turli nomlar bilan
ishlatilishini aytib, G.Toirova tomonidan qo‘llangan modul tushunchasi modelning mazmuniga to‘la muvofiq kelmasligi alohida
ta’kidlanadi. Shuningdek, o‘zbek tilida minimal gaplarning milliy qurilmasini hosil qilishda M.Qurbonova, N.Abuzalova, D.Nabiyeva va
O.Tojiyevning gapning eng kichik qurilish qoliplari borasidagi ishlari tanqidiy tahlil qilinadi, ularning tadqiqotlarida xalqaro va milliy
modellar aralashuvi natijasida hosil qilingan eng kichik gap qoliplari mualliflar tomonidan xalqaro yoki milliy model deb emas,
universal model sifatida baholanganligi ham ta’kidlanadi va formal mantiq va dialektik mantiq qonuniyatlari asosida lingvomadaniy
tamoyil tayangan minimal gaplarning umumlashma milliy modellar ishlab chiqiladi.