Tabiiy fanlar

MADANIY MEROS OB’EKTLARI UCHUN VEB PORTALLARNI ISHLAB CHIQISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI HAQIDA

Madaniy meros ob’ektlari, veb portal, internet portal, veb sayt, veb dasturlash, axborot texnologiyalari.

Mualliflar

Bugungi kunda yer yuzida Internet tarmoqlaridan foydalanmaydiganlar soni anchayin kam hisoblanadi. Hozirda Internet
insoniyat uchun o‘rganish va shaxsiy rivojlanish uchun eng samarali vositaga aylandi. Shunga ko‘ra, u foydalanuvchining deyarli
barcha ehtiyojlarini qondira oladi. Ko‘p odamlar o‘qish, zavqlanish, muloqot qilish, shuningdek, o‘zlari uchun yangi narsalarni
o‘rganish uchun Internetdan foydalanishadi. Shuning uchun ham hozirgi paytda foydalanuvchilar uchun har tomonlama foydali
va qulay bo‘lgan veb-saytlarni yaratish juda dolzarb maslaga aylanib bormoqda. Eng muhimi, bu kabi veb-saytlar orqali zarur
savollarga to‘g‘ri va tez javob olish, vaqtni tejash va iqtisodiy tomondan anchagina qulay hisoblanadi. Axborot
texnologiyalarining jadalligi bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklama hamda madaniy va tarixiy yodgorliklarning haqiqiy
holatini to‘liq yoritishga unchalik ham qodir emas. Shunga ko‘ra, reklama bukletlari va risolalardagi ma’lumotlar tezda o‘z
ahamiyatini yo‘qotadi. Turli mamlakatlarning madaniy va tarixiy merosini o‘rganish internetda o‘z o‘rnini topdi.
Mamlakatlarning madaniy merosi orasida arxitektura yodgorliklari, arxeologiya yodgorliklari, diqqatga sazovor joylar,
monumental sanat yodgorliklari alohida hisobga olinib, ularga doir bo‘lgan ma’lumotlar saqlanib boriladi. Arxitektura
yodgorliklari xalqning tarixiy xotirasini, undagi jarayonlarni o‘zida ko‘p asrlardan buyon saqlab keladigan ma’lumotlar manbai ham hisoblanadi. Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, maqolada madaniy meros ob’ektlarining veb platformasini ishlab
chiqishning o‘ziga hos jihatlari haqida mulohazalar yuritiladi.