Tabiiy fanlar

EKSPEREMENTAL ALSGEYMER MODELI HAYVONLAR BOSH MIYA TO`QIMASIDA NEYROALBUMIN VA NEYROGLOBULIN OQSILLAR MIQDORINI ANIQLASH

Neyroalbumin, neyroglobulin, S-100 oqsili, Alsgeymer, albumin, neyroskleroprotein.

Mualliflar

  • Muxammaddjon MUSTAFAKULOV Biofizika va biokimyo instituti Metabolomika laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Taxir ISHONXODJDAEV Biofizika va biokimyo instituti Metabolomika laboratoriyasi katta ilmiy hodimi, Uzbekistan
  • Talat SAATOV Biofizika va biokimyo instituti Metabolomika laboratoriyasi mudiri, akademik, Uzbekistan

Ma`lum bo`lishicha, oqsil fraksiyalarini o`zgarishi, organizmning energiya hosil qiluvchi funksiyalarini o`zgarishiga, hamda
neyrodegenerativ kasalliklar rivojlanishiga sabab bo`ladi. Neyrodegenerativ kasalliklarda bosh miya oqsillari miqdorini
o`zgarishi turli xil patologik jarayonlarni boshlanilishiga sabab bo‘lishi kuzatildi, hamda bosh miya to`qimasida ro`y beradigan
murakkab fiziologik jarayonlarda oqsillarning roli qiyosiy tahlil qilindi, ilk bor barcha oqsil fraksiyalari o`rganildi, ularning
Alsgeymer sindromli patologiya modelida o`zgarishi tahlil qilindi. Kalamushlarda neyrodegenerativ model yaratilishidan avval
barcha xulq-atvor testlari o`tkazish natijasida sog`lom kalamushlarni saralab olish so`ngra eksperimental model hayvonlar
ozuqasiga neyrotoksinlar berilishi kalamushlar bosh miyasida oksidlanish stressni kelib chiqishi natijasida neyrodegenerativ
kasalliklardan biri Alsgeymer model yaratilgach ularda bosh miya oqsillari miqdorini to`liq tahlil qilindi.