Tabiiy fanlar

CANDIDA AVLODIGA MANSUB ACHITQILARNI UZOQ MUDDATLI SAQLASHDA HAYOTCHANLIGI VA AYRIM FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Achitqilar, Candida, hayotchanligi, uzoq muddatda saqlash.

Mualliflar

Ushbu maqolada Mikroorganizmlar to‘plamida vazelin moyi ostida uzoq muddatda saqlanayotgan Candida avlodiga mansub
achitqi shtamlarining hayotchanligi va ayrim fiziologik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida achitqi shtammlari 10 yil
davomida saqlanganda yuqori hayotchanligini saqlab qolganligi, morfologik va kul’tural xususiyatlari o‘zgarmaganligi
aniqlangan. O‘rganilayotgan shtammlar asosan glyukoza, saharoza va galaktozani o‘zlashtirishi va spirtlardan etil spirti,
glitserin, mannit va sorbitni assimilyatsiya qilishi aniqlangan. Shuningdek, mahalliy shtammlarni 5% va 10% NaCl ozuqa
muhitlarida o‘sishi kuzatilgan. Vazelin moyi ostida achitqi shtammalrini saqlash shuni ko‘rsatdiki, bu usul to‘plamda
saqlanayotgan Candida avlodiga mansub achitqi shtamlariga +4 °C haroratda saqlash uchun mos keladi.