Tabiiy fanlar

O‘ZBEKISTON SHAROITIDA XLORPIRIFOS INSEKTITSIDINING MIKROBLI PARCHALANISH JARAYONINI O‘RGANISH

Pseudomonas sp., Bacillus sp., Ochrobactrum sp., pestitsid, xlorpirifos, bioparchalanish.

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda mikrobli konsorsium asosida xlorpirifos pestitsidining parchalanish jarayoni o‘rganildi. Konsorsium quyidagi
bakteriyalardan iborat: Pseudomonas sp., Bacillus sp. va Ochrobactrum sp. Dastlab, turli miqdorlardagi xlorpirifos pestitsidi
qo‘shilgan ozuqa muhitlarida konsorsiumning chidamliligi o‘rganildi. Keyin GX-MS metodi yordamida tuproqdagi
xlorpirifosning parchalanishi (50 mg/kg va 100 mg/kg) aniqlandi. Tadqiqotlar 28 kun mobaynida, steril tuproqlarda olib borildi.
Mikroorganizmlar qo‘shilmagan xlorpirifosli steril tuproq nazorat sifatida xizmat qildi. Olingan natijalar quyidagicha: xlorpirifos
50 mg/kg boshlang‘ich konsentratsiyasida 91% gacha va 100 mg/kg da 81,6% gacha parchalandi.