Tabiiy fanlar

CAPPARIS SPINOSA O‘SIMLIGINING ERKIN AMINOKISLOTALARI VA UGLEVODLARI

Capparis spinosa, tikanli kovul, Janubiy Orolqum, tuzli stress, prolin, metionin, glyukoza, saxoroza, fruktoza, maltoza, abiotik stress, osmotik stress.

Mualliflar

  • Kamoliddin QURBONOV Akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti stajyor-tadqiqotchisi, Uzbekistan
  • G‘ulom TAJIBOYEV Akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Shamsiddin FAZLIDDINOV Akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Uchqun ISHIMOV Akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi, k.f.n, Uzbekistan
  • Jamoliddin ZIYAVITDINOV Akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti professori, k.f.d, Uzbekistan

Tadqiqot ishida, Janubiy Orolqum hududi tuzli stress sharoitiga moslashgan va Samarqand viloyati Zarafshon daryosi yon
atroflarida tarqalgan tikanli kavul - Capparis spinosa L. o‘simligi tarkibidagi erkin aminokislotalari va uglevodlari miqdori
solishtirib o‘rganildi hamda qiyosiy tahlil qilindi. Natijada C. spinosa o‘simligining Janubiy Orolqum hududi namunalari
tarkibidagi erkin aminokislotalardan sisten (1,92 mg/g), metionin (1,34 mg/g) va prolin (0,46 mg/g) ning miqdori yuqori ekanligi
aniqlanadi. Janubiy Orolqum hududi namunalari tarkibidagi uglevodlari miqdori glyukoza (0,45%), fruktoza (0,21%) va saharoza
(0,01%) ni tashlil etib Samarqand viloyati namunalari bilan solishtirganda umumiy uglevod miqdori bargida 3,6 marta ko‘pligi
aniqlandi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##