Tabiiy fanlar

MAKTABGACHA YOSHDAGI (5-6 YOSH) BOLALARDA TAFAKKUR RIVOJLANISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Tafakkur rivojlanishi, maktabgacha yosh, kognitiv jarayonlar, o‘yin faoliyati, sensor mashg‘ulotlar, mantiqiy fikrlash, tasniflash, umumlashtirish, vizual tasavvur, sabab–oqibat, pedagogik ta’sir, bolalar psixologiyasi.

Mualliflar

  • Nasiba YAKUBOVA O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi “Kumnamu” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Uzbekistan

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi 5-6 yoshli bolalarda tafakkur rivojlanishining psixologik va pedagogik xususiyatlari ilmiy
jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida kuzatish, diagnostik topshiriqlar va pedagogik eksperiment asosida bolalarning tahlil
qilish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish, sabab-oqibatni anglash hamda vizual tasavvur kabi kognitiv jarayonlarda sezilarli
o‘sish qayd etildi. Natijalar o‘yin faoliyati, sensor-amaliy mashg‘ulotlar va muammoli vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar
fikrlashning shakllanishida muhim omil ekanini tasdiqlaydi. Maqola mazkur yoshdagi bolalar tafakkuri rivojining pedagogik
ta’minotini yoritadi.