Tabiiy fanlar

ZARAFSHON VODIYSI SHAROITIDA SABZAVOT EKINLARINING BO‘RTMA NEMATODALARI (MELOIDOGYNE SPP.) NING MORFOLOGIK VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Meloidogyne incognita, M. javanica, M. arenaria, bo‘rtma nematodalar, fitonematoda, morfologiya, biologiya, bo’rtma, perineal maydon, sabzavot ekinlari.

Mualliflar

  • Uktam MIRZAYEV PhD, dotsent, Samarqand Davlat pedagogika instituti, Samarqand, O’zbekiston, Uzbekistan

Bo‘rtma nematodalar dunyo miqyosida sabzavot ekinlarining eng xavfli endoparazit fitonematodalari hisoblanadi. Ularning
zararlantirish xususiyati o‘simlik ildizida bo’rtmalar hosil qilishi, suv va mineral ozuqa moddalarining harakatini cheklashi hamda
o‘simlik fiziologik jarayonlarining izdan chiqishi bilan tavsiflanadi. Ushbu maqolada Meloidogyne avlodi vakillarining morfologik
tuzilishi, hayot sikli, biologik xususiyatlari, ildiz to‘qimalarida patogenez jarayoni, Zarafshon vodiysida tarqalgan asosiy turlari
hamda ularning sabzavot ekinlariga ta’siri tahlil qilingan.