Tabiiy fanlar

SOYA OQSILI FRAKSIYALARINING AMINOKISLOTALAR TARKIBINI O‘RGANISH

Soya oqsili, biofaol, diabetik, kreatinin, glyukoza, konsentratsiya, klechatka, safro, yog‘ning so‘rilishi, giperglikemiya.

Mualliflar

  • Durdona TOSHPO‘LATOVA International school of Finance technology and science instituti xodimi, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Bahora JALOLOVA PhD, o‘qituvchi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent,O‘zbekiston, Uzbekistan

Soya oqsili asosiy tarkibiy qism ekanligi va biofaol birikmalari mavjudligidan tashqari yuqori biologik qiymatga ega ekanligi
sababli uning semirishdagi rolini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, diabetik va diabetik bo‘lmagan bemorlarda soya
oqsilini iste’mol qilish glomerular filtratsiya tezligini kamaytirish va kreatinin klirensini yaxshilash orqali buyrak shikastlanishi va
yallig‘lanishini kamaytiradi va shu bilan surunkali buyrak kasalliklari uchun terapevtik vosita sifatida foydalanish imkoniyatiga
ega. Tarkibi eriydigan klechatkaga boy bo‘lgan parhez, uglevodlar absorbsiyasini pasaytiradi va shu bilan birga diabetik bemorlar
qoni plazmasida glyukoza konsentratsiyasini ham kamaytiradi. Xuddi shu tarzda, boshqa tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, soya
klechatkasini iste’mol qilish najas safro chiqarilishini kuchaytiradi, yog‘ning so‘rilishini pasaytiradi va shu tarzda
giperglikemiyadan himoyalaydi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##