Tabiiy fanlar

CHORTOQSOY DARYOSI YUQORI VA O‘RTA OQIMI IXTIOFAUNASINING BIOEKOLOGIK TARKIBI VA EKOLOGIK GURUHLANISHI

Chortoqsoy, bioekologik guruhlar, reofil baliqlar, invaziv turlar, endemik turlar, Nemacheilidae, ixtiofauna.

Mualliflar

Maqolada Chortoqsoy daryosi ixtiofaunasining bioekologik tarkibi tahlil qilindi. Tadqiqot davomida daryoning yuqori va o‘rta
oqimlaridan jami 12 tur baliq qayd etildi. Aniqlangan turlar yashash muhiti, trofik xususiyatlari, kelib chiqishi va ekologik
moslashuvchanligiga ko‘ra bioekologik guruhlarga ajratildi. Tadqiqot natijalari Chortoqsoy daryosining yuqori oqimlari mahalliy
va endemik reofil-bentik turlar uchun muhim mikrohabitat ekanligini ko‘rsatdi. Iskandaria kuschakewitschi, Gobio lepidolaemus
va Triplophysa ferganaensis kabi turlar Sirdaryo havzasi ixtiofaunasining muhim komponentlari sifatida baholandi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##