Tabiiy fanlar

β-(N-BENZOKSAZOLIN-2-TION) PROPION-KISLОTA VA 1,10-FENANTROLIN ARALASH LIGANDLI Cu2+ KOMPLEKSINING ANTIMIKROB FAOLLIGI

β-(N-benzoksazolin-2-tion) propion-kislоta, 1,10-fenantrolin, kompleks, kristall, antimikrob, bakteriya, zamburug‘.

Mualliflar

  • Zoxida MAMADALIYEVA Tayanch doktorant, Namangan davlat universiteti, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • To‘lqinjon SATTAROV Kimyo fanlari nomzodi, dotsent, University of Business and Science, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Odil CHORIYEV PhD, O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Jamshid ASHUROV DSc, professor, O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti, Toshkent, O‘zbekiston1. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Termiz, O‘zbekiston2., Uzbekistan

Ushbu maqolada β-(N-benzoksazolin-2-tion) propion-kislоta (ВОР), 1,10-fenantrolin aralash ligandli Cu2+ kompleksining patogen
mikroblarga qarshi faolligini in vitro sharoitda Escherichia coli, Bacillus subtilis, Candida albicans shtammlariga nisbatan
o‘rganildi. Tadqiqotlar natijasida [Cu(phen)2(BOP)(H₂O)2]·(BOP)(H₂O)3 namunasida (0,03 mkm/mol) maksimal bakteritsid
faolligi kuzatildi ( o‘sishning ingiberlash zonasi Escherichia coli 35mm ± 0,3mm , Bacillus subtilis 40mm ± 0,4mm va Candida
albicans 36mm ± 0,4mm).