Ijtimoiy-gumanitar fanlar

METALLAR YUZASIDA LAZER BILAN INDUKSIYALANGAN DAVRIY TUZILMALAR HOSIL BO‘LISHIDA BITTA IMPULS NANOMORFOLOGIYASINING ROLI

lazer ablatsiyasi, LIPSS, nanomorfologiya, sirt elektromagnit to‘lqinlari, ikki haroratli model, FDTD simulatsiyasi

Mualliflar

Ushbu maqolada metallar yuzasida LIPSS ("ripple") hosil bo‘lishida birinchi lazer impulsidan keyin vujudga keluvchi nanomorfologiyaning roli o‘rganilgan. Alyuminiy va zanglamaydigan po‘lat (AISI 304) solishtirma material sifatida tanlangan (515 fs, 1040 nm). Zanglamaydigan po‘latda birinchi impulsdan so‘ng sirt tekis qolib, HSFL→LSFL tartibli o‘tishni ta’minlasa, alyuminiyda hosil bo‘lgan tik nanotirgaklar SPP tarqalishini blokirovka qilib, LIPSS shakllanishini to‘xtatadi. Natijalar FDTD simulatsiyasi va ikki haroratli model (TTM) bilan tasdiqlangan.