Tabiiy fanlar

YODOBENZOL+DMF IKKILIK ARALASHMALARIDA KLASSIK GALOGEN BOG‘LANISHGA QARSHI SPEKTROSKOPIK DALILLAR

Yodbenzol, DMF, IQ spektr, ko‘k siljish.

Mualliflar

  • Jurabek SULAYMONOV Ahmad ABSANOV Doktorant, Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O‘zbekiston, Fizika-matematika fanlari doktori (DSc), Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O‘zbekiston , Uzbekistan
  • O‘tkir XOLIKULOV Ashraf BOLIYEV Fizika-matematika fanlari doktori (DSc), Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O‘zbekiston, Talaba, Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O‘zbekiston , Uzbekistan

Galogen bog‘lanishli komplekslarda ko‘k siljishlarni aniqlash katta qiziqish uyg‘otadi, bu esa hodisaning kelib chiqishi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilishiga sababchi bo‘ldi. Bu ishda yodbenzol (C6H5I) va dimetil formamid (DMF) o‘rtasidagi yod asosidagi klassik galogen o‘zaro ta’sirga qarshi dalillar FTIR spektroskopiyasi va kvant-kimyoviy hisoblashlar yordamida o‘rganildi. Ushbu ishda kamdan-kam uchraydigan galogenli bog‘lanishlarda noan’anaviy ko‘k siljish mavjudligini birinchi bor yodbenzol+dimetilformamid ikkilik aralashmalarida eksperimental qayd qilindi. Bu ko‘k siljish nazariy jihatdan ya’ni kvantkimyoviy hisoblashlar yordamida ham tasdiqlandi. Shuningdek ortiqcha infraqizil spektroskopiyasi qo‘llanilgan holda ta’sir borligi aniqlandi. Bundan tashqari C-I bog‘ining ko‘k siljish kattaligi 6 cm-1 ekanligi infraqizil spektri yordamida tajribada aniqlandi